O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI



 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-son Farmoni ijrosi yuzasidan:

1. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 55 nafar bo‘lgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tuzilmasi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3 va 4-ilovalarga muvofiq;

tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hududiy bo‘linmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 6-ilovaga muvofiq;

jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari xodimlarining cheklangan sonidan kelib chiqqan holda, toifalangan shaharlar-viloyat markazlari, tuman (shahar)lar ro‘yxati 7-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi terma jamoalarini shakllantirish uchun sportchilarni tanlab olish bo‘yicha faoliyatni tashkil etish sxemasi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziriga, zarur hollarda, jismoniy tarbiya va sport organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasiga belgilangan son doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.

2. Belgilab qo‘yilsinki:

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, uning o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi;

tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlarining shtatlar soni, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha bosh mutaxassislari sonini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi;

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi respublika hududida davlat sport obyektlari qurilishining maqsadga muvofiqligi yuzasidan ekspert xulosasini beradi va ulardan samarali foydalanilishini monitoring qiladi.

3. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:

xayriya tashkilotlari, xususiy tadbirkorlar, jismoniy va yuridik shaxslar, jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan o‘tkaziladigan homiylik o‘tkazmalari;

2018-yil 1-iyundan 9-ilovaga muvofiq kiritiladigan yig‘imlar;

O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari;

2018-yil 1-iyundan boshlab, trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun attestatsiyadan o‘tkazish va ruxsatnomalar berish, shuningdek, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini pasportlashtirish hisobidan tushadigan mablag‘larning bir qismi;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish, uning daromadlari va xarajatlari parametrlarini, jumladan bolalar sporti obyektlarini, xususan homiylar mablag‘laridan qurish, qayta qurish va kapital ta’mirlash ishlarini moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilab bergan holda tasdiqlash to‘g‘risidagi Hukumat qarorini qabul qilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2018-yil 10-aprelga qadar muddatda Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasiga yig‘imlarni hisoblab chiqish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlansin;

Jismoniy tarbiya va sport jamg‘armasiga 2018-yil boshida respublika budjetining bo‘sh qoldiq mablag‘lari hisobidan 20 mlrd. so‘m ajratsin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:

poytaxt mintaqasida “Sport” erkin iqtisodiy zonasini tuzish, hudud chegaralarini va ushbu zonada amalga oshirish uchun loyihalarni tanlab olish mezonlarini aniqlagan holda, uning faoliyatini tashkil etish, shuningdek, direksiya tuzish va uning faoliyatini tashkil etish;

“Sport” erkin iqtisodiy zonasida jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilarini jalb etgan holda, sport kiyimlari, inventarlari va uskunalarini ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy korxonalarni qurish to‘g‘risidagi hukumat qarorini qabul qilsin.

Belgilansinki, “Sport” erkin iqtisodiy zonasining faoliyat yuritish muddati kelgusida uni uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil etadi.

5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tijorat banklari bilan birgalikda “Sport” erkin iqtisodiy zonasida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun grantlar, kredit liniyalari va investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari, xorijiy banklar va boshqa investorlar — yuridik va jismoniy shaxslar (jumladan xorijiy investorlar), davlat va nodavlat jamg‘armalar, korxonalar va tashkilotlarning beg‘araz moliyaviy ko‘magi, shuningdek, tijorat banklarining kreditlari jalb etilishini ta’minlasin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini optimallashtirish natijasida bo‘shatiladigan bino va inshootlar, inventar va uskunalarning bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining hududiy bo‘linmalari balansiga o‘tkazilishini ta’minlasin.

7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarning doimiy asosda tashkil etilishi hamda o‘tkazilishini nazarda tutgan holda, tegishlicha mahalliy budjet mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarning hududiy, tuman (shahar) kalendar rejalari har yili tasdiqlanishini ta’minlasin.

Oldingi tahrirga qarang.

8. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari uchun amaldagi qurilish norma va qoidalarini ushbu inshootlarga, jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun foydalanish imkoniyatini yaratish bo‘yicha qo‘yiladigan zamonaviy talab va normalarga muvofiqlashtirish maqsadida ularni qayta ko‘rib chiqishni ta’minlasin.

(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)

9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalarini saqlab turish va moddiy-texnik jihozlash uchun mablag‘larni nazarda tutsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi:

umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan sport musobaqalari va turnirlarini ommaviy axborot vositalarida muntazam va keng yoritish;

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasiga xayriya yordamini ko‘rsatayotgan tashkilotlar ishtirokida ijtimoiy roliklar yaratish orqali ommaviy sport turlarini xalq orasida keng yoyishga ko‘maklashsin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ikki oy muddatda:

Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilaridan iborat sport jamoalari o‘rtasida (sport turlari bo‘yicha) ushbu muassasalar, tuman(shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish tartibini tasdiqlasin;

Moliya vazirligi bilan birgalikda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlarga biriktiriladigan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan xizmat yengil avtomobillarining cheklangan umumiy sonini tasdiqlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

12. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Toshkent shahri, A. Qodiriy ko‘chasi, 2-uy manzili bo‘yicha joylashtirilsin.

13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hududiy bo‘linmalari joylashtirilishini, ularning mebel, kompyuter texnikasi, aloqa va boshqa zarur vositalar bilan jihozlanishini ta’minlasin.

14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2779-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Kasimov, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 5-mart,

PQ-3583-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qaroriga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining

TAShKILIY TUZILMASI

http://lex.uz/files/3582574

LexUZ sharhi

1-ilovaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qaroriga
2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi markaziy apparatining

TUZILMASI

http://lex.uz/files/3589649

LexUZ sharhi

2-ilovaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.

Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 55 nafar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qaroriga
3-ILOVA

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining

TUZILMASI

http://lex.uz/files/3588139

Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 14 nafar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qaroriga
4-ILOVA

Viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining

NAMUNAVIY TUZILMASI

http://lex.uz/files/3588145

Boshqaruv xodimlarining jami shtatlar soni 11 — 13 nafar kishini tashkil etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qaroriga
5-ILOVA

Tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlarining

NAMUNAVIY TUZILMASI

http://lex.uz/files/3588159

Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 3-4 nafar

* ushbu qarorning 7-ilovasiga muvofiq 1-toifali tuman (shahar)larda Ommaviy sportni rivojlantirish va jismoniy tarbiya-sport tadbirlarini tashkillashtirish bo‘yicha bosh inspektor lavozimi nazarda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qaroriga
6-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hududiy bo‘linmalari boshqaruv xodimlarining

ChEKLANGAN SONI

T/r

Hududlar

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni

jumladan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi, viloyatlar
va Toshkent shahar jismoniy tarbiya
va sport boshqarmalarida

Tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlarida

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

70

14

56

2.

Andijon viloyati

66

11

55

3.

Buxoro viloyati

55

11

44

4.

Jizzax viloyati

55

11

44

5.

Qashqadaryo viloyati

66

11

55

6.

Navoiy viloyati

47

11

36

7.

Namangan viloyati

54

11

43

8.

Samarqand viloyati

70

12

58

9.

Sirdaryo viloyati

49

11

38

10.

Surxondaryo viloyati

60

11

49

11.

Toshkent viloyati

89

13

76

12.

Farg‘ona viloyati

78

12

66

13.

Xorazm viloyati

53

11

42

14.

Toshkent shahri

57

13

44

Jami:

869

163

706

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qaroriga
7-ILOVA

Jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari xodimlarining cheklangan sonidan kelib chiqqan holda, toifalangan shaharlar — viloyat markazlari, tuman (shahar)lar

RO‘YXATI

Saytning oxirgi yangilanishi:
09.07.2024 | 13:47

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:+998 (71) 239-24-39
  • "Yagona telefon" raqami:+998 (71) 239-24-39
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, 100060, Amir Temur ko‘chasi, 17-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon: (99871) 239-24-07
  • Faks:  (99871) 239-24-07, 239-24-39
  • Mo'ljal:  Amir-Temur hiyoboni
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169

T/r

Hududlar

Tumanlar va shaharlar

1-toifa

2-toifa

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Nukus shahri

Qo‘ng‘irot tumani

Xo‘jayli tumani

Beruniy tumani

To‘rtko‘l tumani

Chimboy tumani

Ellikqal’a tumani

Amudaryo tumani

Shumanay tumani

Qonliko‘l tumani

Kegeyli tumani

Mo‘ynoq tumani

Qorao‘zak tumani

Taxtako‘pir tumani

Nukus tumani