O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi VM 21/24-75-son (XDFU) bayonining 9-bandiga muvofiq joriy yilning 1-2-may kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” majmuasida nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning “Inson uchun” noml 1-respublika savdo ko‘rgazmasi tashkil etildi. Kurgazmaga Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining direktori, o‘rinbosari hamda xodimlari tashrif buyurdi.
Ushbu ko’rgazmada 200 ga yaqin nogironligi bo’lgan shaxslarni band qilgan tadbirkorlar, shu jumladan nogironligi bo`lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlar o’z mahsulotlari (mebel, tekstil, poyabzal, sport, oziq-ovqat, texnika, poligrafiya va boshqa turdagi tovarlar) bilan ishtirok etdi. Ushbu ko’rgazma 1-2-may kunlari o’tkaziladi.
Shu bilan birga, koʻrgazma doirasida 300 ga yaqin tadbirkorlar bilan hududlarda masofadan turib savdolar tashkil etiladi. Barcha yurtdoshlarimizni inklyuziv jamiyat sari muhim qadam — “Inson uchun” savdo ko’rgazmasida faol ishtirok etib, ishtirokchilarni qo’llab-quvvatlashga chorlaymiz!
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
Sport sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi?
Elektron pochtangizni kiriting va bizning yangiliklarimiz hamda foydali maslahatlarimizga to'g'ridan to'g'ri saytimiz orqali obuna bo'ling:
09.07.2024 | 13:47