4-avgust kuni Belarusda start olgan ikkinchi MDH oʻyinlari oʻz yakuniga yetdi. Oʻzbekiston delegatsiyasi unda 28 ta oltin, 25 ta kumush va 53 ta bronza, jami 106 ta medal bilan umumjamoa hisobida Rossiya va Belarus mamlakatlaridan keyin uchinchi oʻrinni egalladi. Qayd etish oʻrinliki, bu bilan delegatsiyamiz umumiy va oltin medallar soni boʻyicha MDH oʻyinlaridagi eng yaxshi natijasini yangiladi. Ochiq formatda oʻtgan mazkur musobaqada MDH mamlakatlaridan tashqari 13 davlat vakillari oʻz omadini sinab koʻrishdi. Umumiy hisobda, bu yilgi Oʻyinlarda 20 sport turida 246 ta medallar jamlanmasi oʻynaldi. Bugun musobaqaning tantanali yopilish marosimi oʻtkazildi. Tadbir davomida musobaqa bayrogʻi 2025-yil oʻtkaziladigan uchinchi MDH oʻyinlari mezboni Ozarbayjonga topshirildi. Eslatib o‘tamiz maktabimiz sportchilari jami 4 ta bronza medallarni qo‘lga kiritdi. Kamondan otish - 3ta bronza medallar O‘q otish- 1 ta ta bronza medal
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
Sport sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi?
Elektron pochtangizni kiriting va bizning yangiliklarimiz hamda foydali maslahatlarimizga to'g'ridan to'g'ri saytimiz orqali obuna bo'ling:
09.07.2024 | 13:47