Fransiyaning janubi-g‘arbidagi Mont-de-Marsan kommunasida velosport bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida "Pimevere Montoise" poygasining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 80 nafarga yaqin yosh velosportchilar ishtirok etishdi. Ahamiyatlisi, ular orasida hamyurtimiz Davir Abdurahmonov ham g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
123 kmga teng masofani bosib o‘tish sportchilarga oson bo‘lgani yo‘q. Poyganing tog‘li hududda o‘tgan qismida Davir Abdurahmonov bor kuchini ishga solib, yetakchilik qila boshladi, ammo bu peshqadamlikni sportchimiz finishgacha saqlab qola olmadi.
Poyga yakuniga ko‘ra, Davir 45-o‘rinni egallagan bo‘lsada, alohida nominatsiyalarning birida ustunlikka erishdi. U “Eng yaxshi tog‘ poygachisi” deb topildi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
Sport sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi?
Elektron pochtangizni kiriting va bizning yangiliklarimiz hamda foydali maslahatlarimizga to'g'ridan to'g'ri saytimiz orqali obuna bo'ling:
09.07.2024 | 13:47