O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev «Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev «Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

 

Farmonga asosan, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi negizida Turizm va sport vazirligi tashkil qilindi.

 

Turizm va sport vazirligi turizm, jismoniy tarbiya, sport va madaniy meros sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

 

Vazirlik o‘z vakolatlari doirasida umummajburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli. Turizm, jismoniy tarbiya, sport va madaniy meros masalalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda Turizm va sport vazirligi bilan kelishiladi.

 

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida:

 

Bosh vazir o‘rinbosari – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimi tugatildi;

 

— Bosh vazir o‘rinbosari – turizm va sport vaziri lavozimi kiritildi;

 

— Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati etib qayta nomlandi va uning boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 15 nafar etib belgilandi;

 

— Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati Ta’lim, sog‘liqni saqlash, yoshlar, mahalla va oilani

qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati etib qayta nomlandi va uning boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 18 nafar etib belgilandi;

 

— Davlat tilini rivojlantirish departamenti Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti etib qayta nomlandi va uning boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 7 nafar etib belgilandi;

 

— 10 ta shtat birligidan iborat Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi tashkil etildi. Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi shtat birliklari O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazining 10 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.

— Turizm va sport vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanishi belgilandi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
09.07.2024 | 13:47
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:+998 (71) 239-24-39
  • "Yagona telefon" raqami:+998 (71) 239-24-39
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, 100060, Amir Temur ko‘chasi, 17-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon: (99871) 239-24-07
  • Faks:  (99871) 239-24-07, 239-24-39
  • Mo'ljal:  Amir-Temur hiyoboni
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169