Namanganda velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha “Silk Way Namangan” xalqaro musobaqasi boshlandi ???? Namangan viloyatining Davlatobod tumanida joylashgan zamonaviy velotrek majmuasida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha “Silk Way Namangan” xalqaro musobaqasi bo'lib o'tmoqda. ???? Mazkur nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar bilan birga Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Ozarbayjon, Armaniston, Rossiya, Belarus, Latviya davlatlaridan kelgan 112 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Shuningdek, musobaqada Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI)ning rasmiy vakili, eronlik Nasseri Khorram Majid Hashem texnik delegat sifatida ishtirok etmoqda. ???? O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zolaridan jami 40 nafar (20 nafar erkak va 20 nafar ayol) sportchilar ishtirok etayotgan xalqaro musobaqa jarayonlari joriy yilning 10-may kuniga qadar davom etadi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
Sport sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi?
Elektron pochtangizni kiriting va bizning yangiliklarimiz hamda foydali maslahatlarimizga to'g'ridan to'g'ri saytimiz orqali obuna bo'ling:
08.05.2025 | 10:20