O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 fevraldagi PQ-4583-son “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 iyuldagi PQ-303-son “2026 yil Milan va Kortina-d’ Ampetstso shaharlarida (Italiya) bo‘lib o‘tadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, 2023-yil 9-oktabr-12-noyabr kunlari tog‘ chang‘isi sport turi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun Xintertuks (Avstriya)da qishki sport turlari bazasida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida 9 ta sportchi, 3 trener ishtirok etdi. 2023-yil 13noyabr -17 dekabr kunlari esa Italiya davlatida xalqaro musobaqalar o‘tkazildi. Ushbu musobaqalar rasman Xalqaro chang'i va snoubord federatsiyasi (FIS) taqvimiga kiritilgan va shunga mos ravishda Kongress va FIS Prezidiumi tomonidan 2023 yil may oyida qabul qilingan chang'i musobaqalarining xalqaro qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda o'tkazildi. Unda mamlakatimizdan tashrif buyurgan 6 ta sportchi 3 trener ishtirok etdi. Quvonarlisi XXV qishki Olimpiya o‘yinlarida Xalqaro chang'i va snoubord federatsiyasi (FIS)malaka talablarini bajargan erkaklar o‘rtasida Raimkulov Rauan Temirkul o‘g‘li yoki Asanov Samandar Ikram o‘g‘li ayollar o‘rtasida esa Rejepova Sabina Talgat qizi qatnashishi rejalashtirilgan.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
Sport sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi?
Elektron pochtangizni kiriting va bizning yangiliklarimiz hamda foydali maslahatlarimizga to'g'ridan to'g'ri saytimiz orqali obuna bo'ling:
08.05.2025 | 10:20