Kamonchilarimiz Yevropa Gran-prisining bronza medalini qo‘lga kiritishdi Antaliya shahrida kamondan otish bo‘yicha Gran-pri turniri bo‘lib o‘tdi.

28.04.2025

Musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari MIX dasturi bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Amirxon Sadikov va Ziyodaxon Abdusattorova juftligi avvaliga Moldova vakillarini, so‘ngra Gollandiya kamonchilaridan ustun keldi. Yarim finalda sportchilarimiz gruziyalik kamonchilarga imkoniyatni boy berishdi. 

Bronza uchun kurashda esa Sodiqov va Sattorova Germaniya terma jamoasini 5:3 hisobida mag‘lub etishdi.