Bugun Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining qishki sport turlari yo‘nalishining 2 –bosqich talabalari uchun o‘quv amaliyoti tashkil etildi

14.05.2024

Joriy yilning 14-may kunidan boshlab, Sportning qishki va murakkab-texnik turlari bo'yicha respublika oliy sport maxorati maktabida universitetning Qishki sport turlari nazariyasi va uslubiyat kafedrasi 2-bosqich talabalari uchun o‘quv amaliyoti tashkil etildi.

Amaliyot davomida talabalar oliy ta’lim tashkiloti tomonidan berilgan amaliyot kundaligini yuritadi va maktabning yo‘riqchi-uslubchilari tomonidan berilgan vazifalarni bajarib borishadi.