Para pauerliftingchilarimiz Jahon kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda

10.05.2024

KechaTailandning Pattaya shahrida para pauerlifting bo‘yicha Jahon kubogi boshlandi.

Quvonarlisi Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi sportchisi Davlatov Nuriddin 225 kg natija bilan 3-o‘rinni egalladi.

Ta'kidlash kerakki, ushbu natija orqali Davlatov Nuriddin o'z vaznida jahon reytingida kuchli 7-pog'onaga ko'tarilib oldi.

Pattayadagi Jahon kubogi 11-mayga qadar davom etadi.