
Sportning velosport- shosse turi bo‘yicha erkaklar, ayollar va 2003- 2004-yillarda tug‘ilgan yoshlar ( qizlar) o‘rtasida jamoa, kriterium va juftlik poygalari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga strat berildi
6-7-8 may kunlari, Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumani va Chirchiq shahrida Velosiped sportining Shosse yo'nalishi bo'yicha Professional velosportchilar o'rtasida Velopoyga musobaqalari o'tkaziladi!
Tadbir O‘zbekiston Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston velosiped sporti Fediratsiyasi hamda Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport maxorati maktabi hamkorligida o‘tkazilmoqda.
Musobaqa dasturidan juftlik, kriterium, jamoa poygalari o‘rin olgan.
– 6 may kuni soat 9:00dan 14:00ga qadar Chorbog‘ avtomobil yo‘lining 34-54 kilometrlari oralig‘i;
– 7 may kuni soat 9:00dan 14:00ga qadar Toshkent – Chorbog‘ – Chimyon avtomobil yo‘lining 34-71 kilometrlari oralig‘i;
– 8 may kuni soat 9:00dan 14:00ga qadar Chirchiq shahri – Chirchiq Olimpiya zahiralar kolleji avtomobil yo‘lida transport harakati cheklanishini ma’lum qilamiz.