Para o‘q otish bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari Jahon kubogida ishtirok etish uchun Janubiy Koreyaning Changvon shahriga yo‘l oldi.
Merganlarimiz ayni damda bu yerda musobaqadan oldingi so‘nggi tayyorgarlik jarayonlarini olib borishmoqda. Jumladan, Maxmuda Sobirova 10 metr masofaga pnevmmotik miltiqdan otish bo‘yicha, Ra’no Omonova hamda Server Ibragimov esa xuddi shu masofaga pnevmatik to‘pponchadan otish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazmoqda.
Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz musobaqadagi ishtirokini 18 avgustdan boshlaydi.