Shu kunlarda Fransiyaning Shatoru shahrida para o‘q otish bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tmoqda.
Bundan biroz avval erkaklar o‘rtasida 50 metrga to‘pponchadan otish bo‘yicha bahslarda hamyurtimiz Server Ibragimov 200.7 ochko jamg‘argan holda 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Dastlabki ikki o‘rin esa xitoylik merganlarga nasib etdi.
Vakillarimizning musobaqadagi ishtiroki davom etmoqda.