Assalomu alaykum, Aziz ayollar! Muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar!
Bugun mana shunday dilbar, qutlug‘ bahor ayyomida siz, munis onalarimiz, hurmatli opa-singillarimiz, suluv qizlarimizni o‘zlaringiz kabi go‘zal bayramingiz – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Bu borada Muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Miromonivich Mirziyoevning "Biz xalqimiz roziligini avvalo, siz, muhtarama onalarimiz, opa-singillarimizning roziligi deb tushunamiz. Sizlarning sog‘-salomat bo‘lib, baxtli bo‘lib yashashingizni amalga oshirayotgan barcha-barcha islohotlarimizning asosiy maqsadi va mezoni deb bilamiz. Bu yo‘lda erishgan natijalarimiz faqatgina birinchi qadamlar bo‘lib, sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz, duolaringiz, hech shubhasiz, bizga cheksiz kuch-g‘ayrat bag‘ishlaydi" degan so‘zlari har jihatdan ibratlidir.
Barchangizni bugungi bahor va nafosat, go‘zallik bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklaymiz. Iqbolingiz baland, umringiz uzoq, rizqu nasibangiz ziyoda bo‘lsin!
Hamisha sog‘-omon bo‘linglar!