Komiljon To‘xtaev Pekinda bo‘lib o‘tgan XXIV qishki Olimpiyadaga saralash musobaqalaridagi chiqishlari doirasida sportchi ochkolar miqdori bo‘yicha "slalom” va "gigant slalom" yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan me’yorlarni bajarib, 2022 yilgi Olimpiadada qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan edi. Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan sportchimiz Komiljon To‘xtayev gigant slalom yo‘nalishida birinchi startdan so‘ng 35-natijani qayd etdib yakunida 29-pog‘onani band etdi. Bu borada g‘oliblik shveysariyalik Marko Odermattga nasib etdi. Sloveniya sharafini himoya qilgan Jan Kranets ikkinchi o‘rinni band qilgan bo‘lsa, Fransiya vakili Matyo Fevr kuchli uchlikka yakun yasadi.
Afsuski, Komiljon To‘xtayevning slalom dasturidagi chiqishi texnik xato sababli hakamlar tomonidan hisobga olinmadi. Ma’lumki, sportchilar trassa bo‘ylab harakat davomida har bir darvozani bosib o‘tishlari lozim. Hamyurtimiz marra chizig‘iga yaqin joylashgan darvozadan o‘tishda xatoga yo‘l qo‘ydi va buning natijasida diskvalifikatsiya qilindi. Shu bilan sportchimizning Pekin-2022 dagi ishtiroki erta yakunlandi.
Tog‘ chang‘ichimiz Komiljon To‘xtayev Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi. Shunga qaramay, uning gigant slalom dasturidagi ishtiroki barchamizni xursand qildi. Zero, unda Komiljon Osiyo qit’asi vakillari orasida eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.