O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi raisi Otabek Imamov 40 yoshda!
Bugun O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi raisi Otabek Imamov tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Otabek Imamov 1981 yil 5 aprel kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Bir necha yildirki, O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi boshqaruvida samarali faoliyat olib bormoqda. Aynan ushbu mutaxassis qo‘l ostida kamonchilarimiz ilk bor Osiyo chempionatida kuchli to‘rtlikka (2019 yil) kira olishdi. Hozirda federatsiya raisi sifatida jamoamizni Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi musobaqaga tayyorlamoqda.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Otabek Imamovni bugungi yubileyi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, mustahkam sog‘lik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.